Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 22-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori Durbek Amanov ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar boʻyicha taqdimot qildi.
Oʻz nutqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilish bayonlarida belgilangan topshiriqlarning ijro holati haqida ham batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.
Shundan soʻng, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova soʻzga chiqib, vazirlikning oldida turgan ustuvor vazifalar, hamda 2023-yil uchun istiqbolli rejalar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi negizida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilganligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi negizida Innovatsion rivojlanish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysinuvidan vazirlik tizimiga oʻtkazilganligi haqida maʼlumot berib oʻtdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan universitetda taʼlim hamda ilm-fan sohalarini takomillashtirishga doir oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Universitet talabalari bilan jonli muloqot oʻtkazilib, muloqot ochiq va doʻstona-samimiy ruhda oʻtdi. Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalar tomonidan taʼlim tizimiga oid quyidagi takliflar ilgari surildi.
Jumladan:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar Kengashi qoshida tashkil etilgan “TedX club”, “UWED Book club” hamda “Ezgu niyat elchisi” loyihalarini faoliyatini ommalashtirish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ushbu loyihani ommalashtirish;
Universitet sport klubi qoshida tashkil etilgan “JIDU shaxmat klubi” koordinatorligida respublikamizning boshqa oliy taʼlim muassasalarida ham shaxmat klublarini ochish;
Regbi sport turnirini talaba-yoshlar orasida ommalashtirish kabi takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida vazir oʻrinbosari Shahlo Turdikulova universitetning 2022-yilda erishilgan natijalar yuzasidan fikr bildirib, 2023-yilda amalga oshiriladigan ishlar “Yoʻl xaritasi”ga doir fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, tashrif davomida vazir oʻrinbosari Shahlo Turdikulova universitetda yoʻlga qoʻyilgan taʼlim-tarbiya jarayoni hamda talabalarning bilim olishi, professor-oʻqituvchilar hamda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Sana: | 25.02.2023 |
Ko'rganlar soni: | 2408 |
Ulashish: |