O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi
O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi
Joriy yilning 2-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, universitet professor-o‘qituvchilari hamda Ombudsman instituti xodimlari ishtirok etdi.
Muhokama davomida universitet va Ombudsman o‘rtasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni rivojlantirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyatiga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘zaro hamkorlikda “Ombudsman klubi”ni tashkil etishga kelishib olindi. Bundan tashqari, klub a’zolari Ombudsman instituti mutaxassislariga biriktirgan holda murojaatlar bilan ishlash, qabullarda ishtirok etish, jazoni ijro etish muassasalarida o‘tkaziladigan monitoringlarni kuzatish ishlariga jalb etiladigan bo‘ldi.