JIDU voleybol qizlar jamoasi tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritishdi
JIDU voleybol qizlar jamoasi tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritishdi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tumanidagi OTM voleybol qizlar jamoalari o'rtasida olimpiada o'yinlari bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada 11 ta jamoa ichida JIDU qizlar jamoasi 1- sovrinli o'rin olib g'olib bo'lishdi va keyingi shahar final bosqichiga o'tishdi.
Dunyo mamlakatlari qatorida va xalqaro hamjamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lgan O'zbekistonning davlat va jamiyat sifatidagi taraqqiyoti silsilasida xotin-qizlarning o‘rni, uning siyosiy va huquqiy madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv jarayonida yangi avlodning har qanday sharoitga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalasida qizlarimiz roli har qachongidanda muhim. Shu bois islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g'oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar, o‘zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta'minlashdan iborat. Gender tengligi - nafaqat insonning asosiy huquqi, balki tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishga erishishning muhim asosidir. So‘nggi yillarda taraqqiyotga erishishda ko‘proq qizlarning jamiyatda faol pozitsiyani egallashi, gender tengligini ta’minlash uchun qonunlar isloh qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xotin-qizlarga e'tibor chinakam universitet strategiyasi darajasiga ko‘tarilgan: uning huquqiy va institutsional asoslari tubdan takomillashtirilgan. Buning natijasi o‘laroq, universitet ayollarini ilm-fanga ruhlantirish maqsadida yangi mexanizm – «Olima ayollar jamiyati» tuzilgani hamda uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rag'batlantirish muntazam ravishda o‘z hosilini berib bormoqda.
Universitetda xotin-qizlarning sport bilan shug‘ullanishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, JIDU jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida Davlat Rahmatov va Shuhrat Dilmuradov rahbarligidagi Universitet qizlar jamoasi buning yaqqol isbotidir.
Sana: | 19.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 317 |
Ulashish: |