Mashhur olim va siyosatchi JIDU talabalariga yangi media muhiti haqida gapirib berdi

    Joriy yilning 28-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida sotsiologiya fanlari doktori, taniqli siyosat va jamoat arbobi Dilorom Toshmuhamedova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    D.Toshmuhamedova JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Yangi media muhiti: yoshlar uchun imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

    Ma’ruzachi axborot olish, yangi bilim olish, o‘zini namoyon qilish maydoni va turli madaniyatlar bilan tanishish kabi yangi media muhiti taqdim etayotgan imkoniyatlarga e’tibor qaratdi.

    Shu bilan birga, ma’ruzachi ijobiy jihatlar bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar, jumladan, noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishi, kiberbulling va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning ruhiy salomatligiga ta’sirini ham alohida ta’kidladi.

    Ma’ruza davomida talabalar faol ravishda savollar berib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar, bu esa qizg‘in muhokamaga turtki bo‘ldi.

    “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, muhokama qilingan mavzular ularning shaxsiy hayoti va kasbiy o‘sishi uchun muhimligini ta’kidladi.