“Havaskor zakovatchilar” intellektual o‘yinida “JIDU Zakovat” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi
“Havaskor zakovatchilar” intellektual o‘yinida “JIDU Zakovat” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi
Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi davlat universitetlari iste’dodli yoshlari o‘rtasida “Havaskor zakovatchilar” intellektual o‘yini tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda “Zakovat” intellektual klubi NNT hamkorligida tashkil etilgan o‘yinda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faol talaba-yoshlaridan tarkib topgan (6 nafar) jamoasi ishtirok etdi.
“Havaskor zakovatchilar” Intellektual o‘yinida Toshkent shahridagi 14 ta davlat universitetlari o‘rtasidagi musobaqaning yakuniga koʻra “JIDU Zakovat” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi diplom va va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
JIDU Zakovat terma jamoasiga ushbu intellektual o‘yin davomida ko'rsatgan yorqin o'yinlari va muvaffaqiyatli ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularga keyingi musobaqalarda omad va zafarlar tilab qolamiz.