Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 23-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Farida Afruz, Muhammad Ismoil va Javlon Jovliyev kabi taniqli adabiyotshunoslar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida adiblar zamonaviy dunyoda ijodkorlikning ahamiyati, ijodiy yo‘llari, qiyinchiliklari va ularni ilhomlantiradigan narsalar haqida suhbatlashdilar.
Talabalar adabiy asarlar yozish jarayoni va ijodiy ko‘nikmalardan turli sohalarda, shu jumladan diplomatiyada qanday foydalanish mumkinligi haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bundan tashqari, uchrashuvda xalqaro hamkorlikning ahamiyati, diplomatik munosabatlarni shakllantirishda madaniyatning o‘rni va adabiyotning xalqlar o'rtasidagi aloqa vositasi sifatida ahamiyati kabi mavzular muhokama qilindi. Yozuvchilar talabalarning ko‘plab savollariga javob berishdi.
Bundan tashqari, shu kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Bo‘z MFYda joylashgan 225-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari va yoshlar uchun adabiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida shoira Farida Afro’z bola tilida yozilgan she’rlaridan namunalar o‘qib, o‘quvchilarga qiziqarli sodda-ravon tarzda sharhlab berdilar.
Ijodiy kechadan ilhomlangan o‘quvchilar adibning she’rlaridan na’munalar o‘qib berib, ularni xushnud etdilar.
Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan adabiy kechada o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.