Tashqi ishlar vazirligi xodimi JIDUda “BMT – universal qadriyatlar timsoli sifatida” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi
Tashqi ishlar vazirligi xodimi JIDUda “BMT – universal qadriyatlar timsoli sifatida” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi
Joriy yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdulaziz Abdug‘aniyev JIDU talabalari bilan “BMT – universal qadriyatlar timsoli sifatida” mavzusida seminar o‘tkazdi.
Dars “Siyosiy madaniyat” fani doirasida Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-kurs talabalari uchun tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsi doirasida ma’ruzachi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishi bilan inson va shaxs xuquqlarini ximoya qilishni xalqaro xuquqiy tartibga solishni zamonaviy bosqichiga asos yaratilgani va ayni mahalda, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar “Barcha davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirish hamda taʼminlash uchun zarur boʻlgan tinchlik adovat va farovonlikning muxim axamiyati xisoblanadigan inson xuquqlari va asosiy erkinliklarining xurmat qilinishi va ularning yalpi ahamiyatini tan olish” majburiyatini oʻz zimmalariga olganligi to‘g’risida ma’lumot berildi.
Diplomat mavzu boʻyicha qiziqarli maʼlumotlarga boy boʻlgan qiziqarli mahorat darsi oʻtkazdi va amaliyotdan esda qolarli misollar keltirdi.
U O‘zbekistonning BMT Nizomida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan beqiyos hissasini alohida ta’kidladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, xalq farovonligini yuksaltirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lgan islohotlar muvaffaqiyati jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganligini aytib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligi vakili talabalarning mamlakatimizning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligiga oid ko‘plab savollariga javob berdi.