Tashqi ishlar vazirligi vakili JIDUda “Diplomatik va konsullik huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi
Tashqi ishlar vazirligi vakili JIDUda “Diplomatik va konsullik huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi
Joriy yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Gaziev “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari uchun “Diplomatik va konsullik huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligi vakili talabalarga diplomatik munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha ahdlashuvlar, xorijiy vakolatxona tushunchasi va vazifalari, diplomatik huquqning asosiy tushunchalari (akkreditatsiya, kelishuv, ishonchnoma) haqida tushuncha berdi.
Ma’ruzachi xalqaro tashkilotlar huzuridagi davlatlar vakolatxonalarining huquqiy maqomi, konsullik munosabatlarini o‘rnatish, konsullik faoliyati, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va konsullik vakolatxonalari faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari haqida ham ma’lumot berdi.
Mahorat darsida turli mamlakatlardagi diplomatik va konsullik faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy masalalar muhokama qilindi.
Munozaralar davomida talabalar ko‘rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob oldilar.