JIDU talabalari iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bilan tanishtirildi
JIDU talabalari iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bilan tanishtirildi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Iqlim o‘zgarishi va uning iqtisodiy, ijtimoiy ta’siri” mavzusida ma’rifiy soat tashkil etildi.
“Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi Suriya To‘rayeva boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda nafaqat iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar, balki ularni bartaraf etish yo‘llari ham muhokama qilindi. Muhokama iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va yangi sharoitlarga moslashish masalalariga qaratildi. Xususan, global iqlim o‘zgarishlari fonida suv resurslaridan samarali foydalanish, yashil energiyani rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning ekologiyadan bilim va faolligini oshirish maqsadida muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha interfaol mashqlar va guruhlarda ishlanmalar o‘tkazildi.
Uchrashuv ishtirokchilari yoshlarda ekologik mas’uliyatni shakllantirish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilishga keng jalb etish zarurligi haqida gapirdi.
Tadbirda “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari Sh.Shakirova, “Xalqaro munosabatlar” va “Xalqaro iqtisod va menejment” fakultetlari tyutorlari hamda 3-kurs talabalari ishtirok etishdi.