JIDU vakili Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlari kengashini tuzish bo‘yicha birinchi ekspertlar yig‘ilishida qatnashdi
JIDU vakili Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlari kengashini tuzish bo‘yicha birinchi ekspertlar yig‘ilishida qatnashdi
Joriy yilning 27-28-iyun kunlari Buxoro shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlari kengashini tuzish, xususan, Kengash nizomi loyihasi muhokamasi bo‘yicha birinchi ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro tadbirda Til ta’limi markazi boshlig‘i Lutfiddin Xodjayev ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida Yoshlar masalasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoshlari kengashini tuzish tashabbusini ilgari surganligi ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu taklifning ijrosi samarasi o‘laroq ikki mintaqaning Yoshlari kengashini barpo etish bo‘yicha birinchi ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazilishi alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Keyingi bosqichda mazkur nizomning mamlakatlarimiz Yoshlar agentligi rahbarlari tomonidan imzolanib, kuchga kirishi bebaho boyligimiz hamda xalqlarimizning taqdiri va kelajagi bo‘lgan yoshlarni jalb etgan holda, ta’lim va ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga xizmat qilishi bayon etildi.
Sana: | 01.07.2024 |
Ko'rganlar soni: | 2639 |
Ulashish: |