JIDU va O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi hamkorlikni rivojlantirmoqda

JIDU va O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi hamkorlikni rivojlantirmoqda

    JIDU va O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi hamkorlikni rivojlantirmoqda

    JIDU va O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi hamkorlikni rivojlantirmoqda

    Joriy yilning 19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari hamda O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Yigilishda Ozbekiston Respublikasining Pokistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Toxtayev, shuningdek, JIDU O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Umarov, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i U.Dustov, Til ta‘limi markazi boshlig‘i L.Xodjayev, Xalqaro munosabatlar dekani muovini A.Rahmatullaev, Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri I.Yakubov, Siyosatshunoslik kafedrasi mudiri muovini M.Abdullayeva, va xalqaro munosabatlar kafedrasi shogird-o‘qituvchisi A.Usmanov ishtirok etdilar.

    Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

    O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Umarov Pokiston universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish, Quaid-i-Azam universitetining taniqli professor-o‘qituvchilari ishtirokida qo‘shma seminar va konferensiyalar, mahorat darslari o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

    Til ta’limi sohasida hamkorlik masalasi muhim masala bo‘ldi. O‘quv jarayoniga Urdu tilida so‘zlashuvchi mutaxassislarni jalb qilish ta‘kidlab o‘tildi.

    O‘zbekiston va Pokiston tahliliy markazlari o‘rtasida xalqaro munosabatlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishdagi hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, JIDU huzuridagi diplomatik akademiyaning Pokiston diplomatik akademiyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

    Bundan tashqari, Pokiston universitetlari va JIDU o‘rtasida talabalar almashinuvi imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu nafaqat O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ta‘lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi, balki talabalarga bir-birlarining madaniyati, an‘analari va turmush tarzini o‘rganish imkoniyatini yaratadi hamda zarur va dolzarb bilimlarni olishga yordam beradi.

     Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tadbirning muhimligini ta‘kidlab, JIDU va O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.