О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 22-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuxrat Xalmuxammedov hamda hamkorlik uchun mas’ul mansabdor shaxslar ishtirok etishdi.
Mazkur memorandum qonunchilik hujjatlarida belgilangan
va o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ko‘zlangan natijalarga erishish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra tomonlar o‘zaro manfaatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hamda vakolatlari doirasidagi tadbirlarni yanada faollashtirish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borishadi.
Hamkorlik doirasida jahonda ro‘y berayotgan tashqi, ichki siyosiy
va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarini har tomonlama chuqur o‘rganib borilishi, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi, shuningdek, mamlakatning milliy (harbiy) xavfsizligini ta’minlash, davlat mudofaa qobiliyatini oshirish, mudofaa va harbiy qurilish sohalarida davlat siyosatini sifatli amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirib borish ko‘zda tutilgan.
Imzolangan hujjatda milliy va xalqaro darajadagi ilmiy-uslubiy konferensiyalar tashkil etish va o‘tkazish, xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekspertlar va tor doiradagi mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashinuvini amalga oshirish, xodimlar (ilmiy izlanuvchilar) ning malaka oshirishi, qayta tayyorlanish va amaliyotlar o‘tkazib borilishi kabi tadbirlar o‘rin olgan.