JIDUda “Biznes, Menejment va Huquq” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi
JIDUda “Biznes, Menejment va Huquq” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 21-noyabr kuni JIDU Talabalar Ilmiy Jamiyati tomonidan, Ural Davlat Yuridik Universiteti (UrGYU) hamda boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biznes, Menejment va Huquq” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbir turli davlatlardan ishtirokchilarni birlashtirdi. JIDUning vakillari sifatida Ilmiy Jamiyat talabalari, Besh muhim tashabbus markazi rahbari Shohida Shakirova, JIDU professorlari Etibor Sultanova va Isa Xamedovlar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimi davomida ishtirokchilar raqamli texnologiyalar, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilab oldilar.