JIDUda “Til ta’limida barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 20-noyabr kuni “Sharq tillari” kafedrasi tomonidan “Til ta’limida barqaror rivojlanish maqsadlari: SDG 13 “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Seminar davomida barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish kontekstida chet tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilari “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash: oziq-ovqat chiqindilari va chiqindilarni saralash qoidalari” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish misolida koreys va yapon tillarini o‘qitish uslublari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy tillardan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari, o‘quv jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bilan yaqindan tanishdilar.

    Kafedrada faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.