O‘zbekistonning Berlindagi elchisi JIDU talabalari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

    Joriy yilning 25 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dilshod Axatovning JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda JIDU qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda elchi Germaniyadagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi, O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining bugungi holatini tahlil qildi va diplomatik xizmatdagi tajribasini bo‘lajak diplomatlar bilan o‘rtoqlashdi.

    O‘z navbatida talabalar diplomatik vakolatxonalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik masalalariga, shuningdek, O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli loyihalar namunalarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.

    Uchrashuv yakunida JIDU va Germaniya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish mavzusi ko‘tarildi. Bunga javoban D.Axatov elchixonaning ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shu nuqtai nazardan, u onlayn uchrashuvlarning bunday formati talabalar va diplomatlar o‘rtasida tajriba va bilim almashish, xalqaro akademik hamkorlikni faol rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shishini ta’kidladi.