Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Germaniyaning Xanns Zaydel jamgʻarmasi vakillari bilan Germaniyada tahsil olishda grantlar va stipendiyalar qo‘lga kiritish imkoniyatlari to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Germaniyaning Xanns Zaydel jamgʻarmasi vakillari bilan Germaniyada tahsil olishda grantlar va stipendiyalar qo‘lga kiritish imkoniyatlari to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Germaniyaning Xanns-Zaydel jamg‘armasining asosiy faoliyati va talabalarga taqdim etilayotgan stipendiya imkoniyatlari boʻyicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Xanns-Zaydel jamg‘armasining faoliyati haqida qisqacha ma’lumot va “Jamg‘armaning iqtidorli yoshlar uchun mo‘ljallangan Germaniyada tahsil olish uchun stipendiya imkoniyatlari to‘g‘risida”, shu bilan birga “Germaniya va O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimlarining farqi” haqida Xanns-Zaydel jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi ofis rahbari Dustov Javxar Ravshanovich va Xanns-Zaydel jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajeri Islomova Shaxrizoda Anvar qizi tomonlaridan taqdimot namoyish etildi.
Tadbir davomida “Germaniya davlat boshqaruvi tizimi” haqida Kahoot tizimi orqali interaktiv savol-javob o‘tkazildi va tadbirda faol qatnashgan talabalarga faxrli, sovrinli o‘rinlar berildi:
1-o‘rin - Suyunov Otabek 3-kurs, Xalqaro huquq fakulteti;
2-o‘rin - Rashidov Javoxir 3-kurs, Xalqaro munosabatlar fakulteti;
3-o‘rin - Oqmamatova Shaxribonu 2-kurs, Xalqaro huquq fakulteti
Tadbir yakunida Xanns-Zaydel jamg‘armasi vakilari tomonidan talabalar bilan savol-javob o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilar uchun ahamiyatli ma’lumotlarga boy bo‘ldi va chet elda tahsil olishga, ayniqsa, Germaniya oliy ta’limiga qiziqish uyg‘otdi.