JIDUda Ispaniyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Ispaniyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Ispaniyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Asunsion Sanches Ruiz bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda JIDU o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov, xalqaro bo‘lim boshlig‘I Gavhar Mirxalilova, “Roman-German tillari” kafedrasi mudiri Vasila Mamatkasimovalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda xorijiy tomonga JIDU faoliyati va ta’lim jarayonining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, Muvaqqat ishlar vakili JIDU va Ispaniya elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholadi.
JIDU Ispaniyaning OTMlari hamda tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ispan tili ta’limi jarayoniga ispaniyalik o‘qituvchilarni jalb qilish, turli mahorat darslarini tashkil qilish, Ispaniyaning yetakchi Universitetlari bilan aloqalarni kengaytirishda hamkorlik qilishiga kelishib oldilar.