JIDUda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikka oid monografiyalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
JIDUda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikka oid monografiyalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 21-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Central Asia and European Union: In search of Sustainability” va “How to Export to the European Market” nomli monografiyalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi vakillari, Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha taniqli ekspertlar va universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev tadbirni ochib berar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi do‘stona hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilayotganini ta’kidladi. Hozirgi paytda universitetimizda Yevropa Ittifoqini o‘rganish bo‘yicha bir qancha loyihalar olib borilayotgani va kelgusida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi zaruratini ta’kidlab o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlott Adrian xonim tadbir ishtirokchilariga tabrik so‘zi yo‘llab, “Biz o‘ttiz yillik hamkorlikning muhim bosqichini nishonlar ekanmiz, ikki tomonlama siyosiy munosabatlarimiz tarixida hech qachon shunchalik yuqori darajada bo‘lmagani” aytib o‘tdi. Shuningdek, Elchi hamkorlik aloqalarini ilmiy-tadqiqot sohasida rivojlanayotganidan mamnunligini va ushbu universitet eng yaqin hamkorga aylangani ta’kidladi.
So‘zga chiqqanlar “Central Asia and European Union: In search of Sustainability” nomli monografiyada Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mintaqalarni qiyosiy tadqiq qilish masalalari, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati, Yevropa Ittifoqining mintaqaga nisbatan strategiyasining yutuq va kamchiliklari, davlatlararo siyosiy, iqtisodiy rivojlanish dinamikasi, madaniy-gumanitar aloqalar, munosabatlarga tahdidlarni o‘rganilganini aytib o‘tdi.
“How to Export to the European Market” nomli monografiya O‘zbekistonning Yevropa va xalqaro bozorlarga eksportini rivojlantirishning asosiy zamonaviy tendentsiyalarini chuqur o‘rganib chiqqan O‘zbekistondagi ilk asarlardan biridir.