Tsukuba universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

Tsukuba universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

    Tsukuba universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

    Tsukuba universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

    Joriy yilning 28-oktabr kuni Tsukuba universiteti (Yaponiya) rektori Nagata Kyosuke boshchiligidagi delegatsiya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.

    Ikki oliy oʻquv yurti rahbariyati oʻrtasidagi uchrashuvda taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar talabalarga bir vaqtning o‘zida ikkita oliy o‘quv yurtida ta’lim olish imkonini beruvchi double degree dasturini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Bu talabalarning ilmiy va kasbiy o'sishi uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi.

    Tomonlar, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar darajasini oshirish, jumladan, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashda yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

    Zamonaviy ta’lim va ilm-fan rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sun’iy intellekt texnologiyalarini tadqiq etish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish istiqboliga alohida e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish muhitida o‘tdi. Albatta, erishilgan kelishuvlar JIDU va Tsukuba universiteti o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradigan yangi loyiha va tashabbuslarga zamin yaratadi.