JIDUda "Yangi konstitutsiyada sud hokimiyati" mavzusida seminar-brifing o‘tkazildi
JIDUda "Yangi konstitutsiyada sud hokimiyati" mavzusida seminar-brifing o‘tkazildi
Joriy yilning 16-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, sudlar faoliyati borasidagi yuridik bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyalari O.Gulyamova, A.Ibragimov, J.Xusainov, N.Bayzakova hamda "Xalqaro huquq" fakulteti talabalari ishtirokida "Yangi konstitutsiyada sud hokimiyati" mavzusidagi seminar-brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda "O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 13-bobida mustahkamlangan sud hokimiyati tizimi, ularning vakolatlari, sudyalikka qo'yilgan talablar, sudyalarning mustaqilligi, daxlsizligi, ta’minoti, iqtisodiy ishlarni ko'rib chiqishning protsessual muddatlari, sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik masalar hamda bo’lajak huquqshunoslar uchun kasbiy va shaxsiy fazilatlar xususida o’z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Sana: | 16.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 324 |
Ulashish: |