JIDU vakillari O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi elchixonasi xodimlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

    Joriy yil 15-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasining O‘mondagi elchixonasi xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Til ta’limi markazi boshlig’i, Xalqaro munosabatlar, Хаlqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekanlari, bo‘lim rahbarlari hamda “Sharq tillari”, “Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedralari mudirlari, Elchixona tomonidan – Favqulodda va Мuxtor elchi A. Hotamov boshchiligidagi diplomatik  xodimlar ishtirok etdilar.

    Uchrashuvda JIDU fakultet va kafedralari hamda oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, Sultonlik ilmiy markazlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    Ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari oʻrtasida almashinuv masalalarida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi. Arab tili oʻqituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, grantlar qoʻlga kiritish boʻyicha qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar, ilmiy-amaliy seminarlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish boʻyicha oʻzaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

    Ushbu yonalishda Vakolatxona tomonidan O‘mondagi Sulton Qobus bin Said va Masqat universitetlari bilan JIDU o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorlik izhor etildi.

    Tadbir ishtirokchilari ot‘kazilgan uchrashuvning muhimligini ta’kidlagan holda JIDU bilan O‘zbekiston Respublikasining  O‘mondagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish borasida kelishuvga erishildi.