JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETIDA 2025-YIL UCHUN DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL KVOTASI
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETIDA 2025-YIL UCHUN DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL KVOTASI
№ |
Ixtisoslik shifrlari va nomi |
Kvota |
1. |
07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi. |
PhD - 1 kvota, DSc - 0 |
2. |
08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti. |
PhD - 2 kvota, DSc - 2 kvota |
3. |
12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi. |
PhD - 1 kvota, DSc - 1 kvota |
4. |
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi. |
PhD - 2 kvota, DSc - 2 kvota |
5. |
12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq. |
PhD - 2 kvota, DSc - 1 kvota |
6. |
12.00.10 – Xalqaro huquq. |
PhD - 2 kvota, DSc - 2 kvota |
7. |
23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari. |
PhD - 2 kvota, DSc - 1 kvota |
Ilmiy-tadqiqot mavzularini quyidagi ustuvor tadqiqot yo‘nalishlardan kelib chiqib belgilash tavsiya etiladi:
1. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi;
2. Raqamli transformatsiya va texnologik innovatsiyalar;
3. Yashil iqtisodiyot va barqarorlik;
4. Ta’minot zanjirining mustahkamligi va qayta tashkil etish masalalari;
5. Geosiyosiy noaniqlik va savdo dinamikasi;
6. Demografik o‘zgarishlar va mehnat bozori.
Talabgorlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabr kuniga qadar https://daraja.ilmiy.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Talab etiladigan hujjatlar va ularni topshirish tartibi bo‘yicha batafsil https://lex.uz/docs/3213407 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
Tayanch doktorantura (PhD), doktoranturaga (DSc) hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar til sertifikatiga ega bo‘lishlari kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent sh., Mustaqillik shoh koʻchasi, 54-uy, JIDU, Fan va innovatsiyalar bo‘limi.
Tel.: (998 71) 267-67-69, (+998 90) 817-60-84, (+998 90) 989-38-68
@uwed_official
Sana: | 10.09.2024 |
Ko'rganlar soni: | 972 |
Ulashish: |