Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qabul e’lon qiladi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori hamda “2024-yilda doktorantura va tayanch doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi muassasalar taqsimoti”ga muvofiq tayanch doktorantura va doktoranturaga quyidagi mutaxassislik bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

    Muassasa nomi

    Ixtisoslik shifri

    Ixtisoslik nomi

    Doktorantura turi

    Ajratilgan kvota

    1.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti

    23.00.04

    Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari

    Tayanch doktorantura

    2

    Doktorantura

    1

    Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

    ·         ariza;

    ·         qisqacha biografik ma’lumotnoma;

    ·         mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

    ·         oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

    ·         tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;

    ·         nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

    ·         chet tilidan B2 darajadan past bo‘lmagan xalqaro malaka sertifikatlari.

    Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

    ·         ariza;

    ·         qisqacha biografik ma’lumotnoma;

    ·         mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

    ·         oliy ta’lim muassasasi magistraturasini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

    ·         nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

    ·         chet tilidan B2 darajadan past bo‘lmagan xalqaro malaka sertifikatlari.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

    Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 2023-yil 1 - 20-noyabr davrida o‘tkaziladi.

    Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2023-yil 15-oktabrga qadar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.