JIDU birinchi prorektori “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi
JIDU birinchi prorektori “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni 1-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30/1-2003-sonli topshiriq xatiga asosan “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi yoshlarni biriktirish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash hamda “og‘ir” toifadagi yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish maqsadida joriy yil 14-noyabr kuni JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odil Yusupjanov og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish, ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda JIDU rektor maslahatchisi A.Turdimatov, JIDU Yuridik klinika rahbari Z.Ubaydullayev, profilaktika inspektori Sh.Boymatov, JIDU Besh muhim tashabbus markazi mutaxassisi F.Ernazarova, JIDU UBT yetakchisi S.Jiyanov, Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-sektor rahbari Ya.Abduraxmonov, tuman prokuratura xodimi N.Maksumov, “Sevinch” MFY raisi M.Saidxodjaev, “Sevinch” MFY yoshlar yetakchisi J.Baxtiyarov, “Axmad Donish” MFY raisi R.Djalilov, “Axmad Donish” yoshlar yetakchisi M.Xasanov ishtirok etishdi.
Suhbat chog‘ida universitet birinchi prorektori O.Yusupdjanov o‘z nutqida mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar va undan oqilona foydalanish kerakligi ta’kidladi.
Uchrashuv doirasida universitetga biriktirilgan yoshlar bilan birma-bir suhbatlar o‘tkazildi va ularning mavjud muammolari, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Shu bilan birga, avvalgi uchrashuvlarda aniqlangan muammolarni hal etilgani yoki hanuzgacha mavjudligi bo‘yicha aniq ma’lumotlar o‘rganildi.
JIDU rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar hamda 13 nafar yoshlarni mas’ullar tomonidan yashil toifaga o‘tkazish mumkinligi bildirildi.