JIDU prorektori kompetensiyalarni baholash bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etdi

    Joriy yilning 14-21-dekabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida kompetensiyalarni baholash metodologiyasi asosida malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi. Unda assessor sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnoza Ismailova ishtirok etdi.

    Mazkur dastur davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) hamda Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Malaka oshirish kursi Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI) negizida boshqaruv kadrlarini kompleks baholash sohasida milliy ekspert-trenerlarni tayyorlash, shuningdek, milliy mutaxassislar tomonidan intervyu o‘tkazish, baholash usullarini ishlab chiqish maqsadida tashkil qilindi.

    Tadbir yakuni bo‘yicha rahbar kadrlarni baholash tizimini takomillashtirish maqsadida “Trenerlar uchun treninglar” (ToT) dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.