Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Adiblar va talabalar o’rtasida uchrashuv

    Joriy yilning 9 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yozuvchilar hamda talaba-yoshlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

    Tadbirda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari Gulbahor Saidg‘aniyeva, G'ayrat Majidov va Suhrob Ziyo kabi taniqli adabiyotshunoslar,  hamda JIDU professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

    Uchrashuv davomida adiblar zamonaviy dunyoda ijodkorlikning ahamiyati, ijodiy yo'llari, qiyinchiliklari va ularni ilhomlantiradigan narsalar haqida suhbatlashdilar.

    Talabalar adabiy asarlar yozish jarayoni va ijodiy ko'nikmalardan turli sohalarda, shu jumladan diplomatiyada qanday foydalanish mumkinligi haqida ko'proq ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bundan tashqari, uchrashuvda xalqaro hamkorlikning ahamiyati, diplomatik munosabatlarni shakllantirishda madaniyatning o'rni va adabiyotning xalqlar o'rtasidagi aloqa vositasi sifatida ahamiyati kabi mavzular muhokama qilindi.

    Tadbir so‘ngida yozuvchilar talabalarning ko'plab savollariga javob berishdi.