E'lon

E'lon

    E'lon

    E'lon

    Universitet talabalari o‘rtasida “Saylov 2024-talaba yoshlar nigohida” nomli esselar tanlovi e’lon qilinadi.

    Tanlovdan ko‘zlangan maqsad talabalarning mamlakatda siyosiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-tahliliy izlanishlarini ommalashtirishdan iborat.

     Tanlovda ishtirok etish shartlari:

    -  Tanlovda JIDUning barcha fakultetlari talabalari ishtirok etishi mumkin.

    -  Tanlov “Bakalavriat talabalari o‘rtasida eng yaxshi esse” (1, 2 va 3-o‘rinlar) nominatsiyada o‘tkaziladi.

    -  Tanlovga yakka muallif tomonidan (hammualliflikda yozilgan ishlar qabul qilinmaydi) mustaqil ravishda yozilgan va nashr etilmagan materiallar qabul qilinadi.

    -  Tanlovga taqdim etilgan ishlar berilgan mavzuga mantiqan mos kelishi va original bo‘lishi kerak. Plagiat aniqlangan ishlar tanlovdan chetlashtiriladi.

    -  Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta ish bilan qatnashishi mumkin.

    Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar 2024 yil 25 oktabr soat 23:59 gacha konkursesse_2023@mail.ru elektron manziliga yuborishi kerak.

    G‘oliblar 2024 yil 31 oktabrda e’lon qilinadi.

     Tanlovga yuboriladigan ishlarga qo‘yiladigan talablar

     1. Sifat bo‘yicha:

    Ishlarni baholashda hakamlar hayati quyidagi mezonlarga asoslanadi: taqdim etilgan ishning dolzarbligi va yangiligi, muammoni taqdim etishga chuqur va tahliliy yondashuv, tanqidiy fikrlash va ilmiy malumotlardan foydalanish, ishning imloviy xatolarsiz yozilgani va mantiqiyligi, matnning originalligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilgani.

    2. Texnik:

    Insho tili - o‘zbek, rus, ingliz.

    Matn hajmi 1200 so‘zdan oshmasligi, 1,5 intervalda, Times New Roman (14 nuqta oʻlchami) da yozilishi kerak;

    Barcha manbalarga bibliografik iqtiboslar/havolalar keltirish va ularni matn yakunida rasmiylashtirish kerak (Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati/Список литературы/References).

    Avtomatik iqtiboslar va havolalar har bir bet yakunida berilishi shart.

    Jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar va boshqa rasmlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular alohida betda raqamlashtirilishi kerak.

     Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha savollar bilan Xalqaro munosabatlar fakulteti dekanatiga murojaat qilish mumkin (“A” bino, 204-xona).