JIDUda Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28-noyabr kuni Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Marko Stutsin Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev oliy martabali diplomat bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy jihatlarini, shuningdek, fan, texnologiya va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ta’lim darajasini oshiruvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi va xalqaro tajriba orttiruvchi talabalar almashinuvi dasturlarini muhokama qilish markaziy masalalardan biri bo‘ldi.
M.Stutsin JIDU faoliyati, ta’lim dasturlari va ilmiy tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, unda Sloveniyaning ichki va tashqi siyosati, strategik maqsadlari va xalqaro maydondagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida konstruktiv hamkorlikning yangi istiqbollarini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.