Davlat organlari uchun tahliliy ko‘nikmalar bo‘yicha mahоrat darslari tashkil etildi

    Joriy yilning 1-noyabr kuni “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Siyosiy tahlil va prognozlash” fanidan “Davlat organlari uchun tahliliy ish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Taklif etilgan ekspert O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Strategik tahlil va prognozlash departamenti bo‘lim boshlig‘i Zikrilla Xamidjonov bo‘ldi.

    Tadbir talabalarga siyosiy tahlil olamiga kirib borish, vazirlik faoliyatining asosiy jihatlari bilan tanishish, davlat xizmatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini berdi.

    Ekspert talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasidagi tahliliy ishlarning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi, davlat boshqaruvi jarayonida tahliliy ishning muhimligi, shuningdek, tashqi siyosatni shakllantiradigan tahlilchi qanday bo‘lishi kerakigi haqida ma’lumot berdi.

    Tadbir so‘ngida davlat organlarining ish mexanizmlarini yaxshiroq tushunish uchun ishtirokchilar tomonidan savollar berildi.