“Milliy qadriyatlar sayli” madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

“Milliy qadriyatlar sayli” madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    “Milliy qadriyatlar sayli” madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    “Milliy qadriyatlar sayli” madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 19 oktabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 35 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari va talabalari tomonidan “Milliy qadriyatlar sayli” madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

    Unda talabalar tomonidan turli chiqishlar, xususan, universitet “She’riyat klubi” a’zolari tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’riy kompozitsiyalar, JIDU “Ofarin” raqs dastasi tomonidan tayyorlangan milliy raqslar, JIDU “Zakovat” klubi o‘yini, “Diplomat” teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan “Jadidlar” va Abdulla Qahhor ijodidan sahna ko‘rinishlar va O‘zbekiston nomli qo‘shiq ijrolari namoyish etildi.

    Shuningdek, UWED FORCE (QALQON) jamoasi, sport klubi a’zolari va talabalar tomonidan Milliy o‘yinlar (arqon tortish, qarabtep, beshtosh va boshqa sport o‘yinlari) musabaqalari o‘tkazildi.