JIDU vakillari Primakov o‘qishlari – 2023 da ishtirok etishdi
JIDU vakillari Primakov o‘qishlari – 2023 da ishtirok etishdi
2023-yilning 24-29-noyabr kunlari Moskva shahrida “Primakov o‘qishlari” IX Xalqaro ilmiy ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi. JIDU tomonidan “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri U.Xasanov va “Siyosatshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Abdullayevalar ishtirok etishdi.
“Primakov o‘qishlari” ilmiy-ekspert forumi xalqaro munosabatlar va jahon iqtisodiyoti sohasidagi ekspertlarning har yili o‘tkaziladigan xalqaro anjumanidir. U birinchi marta 2015 yilda o‘tkazilgan va olim va davlat arbobi Yevgeniy Maksimovich Primakov nomi bilan atalgan. Forum doirasida dunyoning yetakchi olimlari, siyosatchilari va diplomatlari global va mintaqaviy muammo va tahdidlar haqida ochiq muloqot o‘tkazadi. Tashkil etilganidan buyon forumda jahonning yirik tadqiqot va tahliliy markazlaridan ko‘plab taniqli olim va ekspertlar, siyosiy va jamoat arboblari ishtirok etishdi.
2023 yilgi Primakov oʻqishlari mavzusi “Post-globallashuv ufqlari” boʻlib, ikki kunlik panellarda taklif etilgan maʼruzachilar xalqaro munosabatlarni rivojlantirish senariylarini, xalqaro xavfsizlik sohasidagi muammolar, shuningdek, oʻzaro hamkorlikning yangi modellarini muhokama qildilar.