JIDUda bolalar huquqlarini himoya qilish mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
JIDUda bolalar huquqlarini himoya qilish mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 23-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Inklyuziv ta’lim va bolalar huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir JIDU huzuridagi Yuridik klinika, USAID tashkiloti, Sirakuz universiteti (AQSH), O‘zbekiston karlar jamiyati va boshqa tashkilotlar vakillari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi - mamlakatimizda inklyuziv ta‘lim va odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini real ta‘minlash jarayoniga salohiyatli yoshlarni faol jalb qilishdan iboratdir.
Davra suhbati jarayonida O‘zbekistonda eshitish qobiliyati zaif shaxslarni ta'lim olishning o'ziga xos xususiyatlari va ularning psixologik barqarorligi va emotsional holatini ta’minlash uchun ta’limga inklyuzivlikni joriy etishning dolzarbligi kabi mavzularda bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, bunday muhokamalar inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash, bolalar huquqlari himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.