JIDU birinchi prorektori «Yashil kelajak» umumrespublika marafonida ishtirok etdi
JIDU birinchi prorektori «Yashil kelajak» umumrespublika marafonida ishtirok etdi
Joriy yilning 9-noyabr kuni Nukus shahrida barcha oliy ta'lim muassasalari ishtirokida «Yashil makon» umumrespublika loyihasi doirasida «Yashil kelajak» umumrespublika marafoniga start berildi.
Marafonning tantanali ochilish marosimida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odil Yusupdjanov va kongilli talabalar ishtirok etishdi.
Marafon doirasida Nukus shahrida barpo etilgan «Ziyolilar bog‘i»da universitet prorektori tomonidan ham daraxt ko‘chatlari ekildi.
JIDU birinchi prorektorining ushbu tadbirda ishtiroki universitetda ekologik tashabbuslar doimiy qo’llab-quvvatlanayotganligini e’tirof etish mumkin.
Koʻchat ekish – savobli ish. Bu kabi xayrli ishlar yoshlarning atrof-muhit muhofazasini yaxshilashga hissa qoʻshishiga, ona tabiat sofligini asrashga boʻlgan masʼuliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.