Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27-mart kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Huseyn Guliyevni qabul qildi.
Uchrashuvda atoqli siyosat va davlat arbobi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan boʻlajak xalqaro anjuman muhokama qilindi.
Elchi H.Guliyev mazkur tadbir mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik, do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik tobora kuchayib borayotganiga yana bir misol bo‘lishini ta’kidladi.
Uchrashuvda birinchi prorektor Durbek Amanov va JIDU o‘quv rahbariyati ham ishtirok etdi.