Sodiq Safoyev Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Farukni qabul qildi
Sodiq Safoyev Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Farukni qabul qildi
Joriy yilning 3-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kutib oldi.
Uchrashuvda JIDU qoshidagi Istiqbolli Xalqaro tadqiqotlar instituti bilan Pokiston Respublikasining yetakchi tahlil markazlari va universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, diplomatik akademiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mehmon ma’ruzalarini o‘tkazish va JIDUda Urdu tilini o‘qitishni kuchaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
JIDU rektori S.Safoyev ta’lim tajribasini boyitishda talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi muhimligini ta’kidlab, universitetga tashrif buyurganliklari uchun minnatdorlik bildirdi.
Pokiston Islom Respublikasi Elchisi A.Faruk, o‘z navbatida, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham samarali hamkorlikka umid bildirdi.