
JIDU talabasi “Rossiya - Markaziy Osiyo mintaqasi” 4 - yosh liderlar forumida ishtirok etdi
JIDU talabasi “Rossiya - Markaziy Osiyo mintaqasi” 4 - yosh liderlar forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatida Rossmolodyoj va Omsk viloyati hukumati taklifiga binoan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 4-bosqich talabasi Talabalar ilmiy hamjamiyati raisi Akmalsher Rahimov “Rossiya - Markaziy Osiyo mintaqasi” 4- yosh liderlar forumida ishtirok etdi.
Tadbir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiya vakillarini to‘plab, mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi.
Forum doirasida Akmalsher Raximov “O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish” mavzusida nutq so‘zladi. U O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni qayd etib, energetika, sanoat va transport sohalarida qo‘shma loyihalarni muhokama qildi, shuningdek u o‘z nutqida, tovar ayirboshlashning o‘sishi va madaniy-gumanitar hamkorlikning muhimligini ta’kidladi.