Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosining JIDUga tashrifi

Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosining JIDUga tashrifi

    Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosining JIDUga tashrifi

    Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosining JIDUga tashrifi

    Joriy yilning 26-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosi, Eötvös Loran universiteti (ELTE) yuridik fakulteti davlat huquqi professori Gabor Hamza tashrif buyurdi. Vengriyalik olim mamlakatimizga parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurdi.

    Uchrashuv davomida ELTE va JIDU universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlari muhokama qilindi.

    Professor Gabor Hamza ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha takliflar bildirdi. Xususan, Etvos Loran universiteti va JIDU o‘rtasida ilmiy tajribani amaliyotga tatbiq etishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan kelajakdagi qo‘shma ilmiy loyihalar muhokama qilindi.

    JIDU rahbariyati talabalarning siyosiy, iqtisodiy va huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish uchun yangi ta’lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.