JIDU rektori tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
JIDU rektori tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 10 oktabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda S.Safoyev tyutorning o‘rni muhimligini ta’kidlab, ular uchun asosiy reja va vazifalarni belgilab berdi. Tyutor talabalarning eng yaqin do‘stiga aylanishi, ularning har biriga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, talabalarning yutuq va muammolari universitet mas’uliyatining bir qismi sifatida qabul qilinishi kerak. U ijarada istiqomad qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganib, agar yetarli sharoit bo‘lmasa, ularga qulayroq ijara xonadoniga ko'chib o'tishda yordam ko'rsatilishi kerak deb ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tyutorlar bilan muntazam yig‘ilishlar o‘tkazish, ular tomonidan bajarilgan ishlar va berilgan topshiriqlar haqida ma’lumot tayyorlash rejalari e’lon qilindi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi universitetda yanada samarali va tashkiliy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi, dedi rektor.