JIDU vakillari Xalq diplomatlarining I Xalqaro kongressida ishtirok etishdi
JIDU vakillari Xalq diplomatlarining I Xalqaro kongressida ishtirok etishdi
Joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkentda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekiston xalq diplomatiyasi: kecha, bugun, ertaga" mavzusidagi Xalq diplomatlarining birinchi xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston vakillari bilan bir qatorda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Pokiston, Tojikiston va Turkiyaning vakillari ishtirok etdi.
Kongressda JIDU nomidan "Xalq diplomati" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan professor, siyosiy fanlar doktori E’tibor Sultanova, "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakulteti dekani Mirzoumid Xamdamov, Xalqaro munosabatlar kafedrasi o‘qituvchisi Fazliddin Jamolov va 4-bosqich talabasi Muhammadshoh Xusenov ishtirok etdilar.
Kongressda xalq diplomatiyasining so‘nggi yillardagi faoliyati yakuni sarhisob qilindi, SHHT doirasidagi madaniyatlararo hamkorlikning yangi istiqbollari va hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi.
SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov xalq diplomatiyasining mamlakatlar o‘rtasida muloqot va o‘zaro tushunishni shakllantirish vositasi sifatidagi ahamiyatini ta’kidlab, axborot texnologiyalari asrida bu harakat turli yosh va qiziqishdagi odamlarni birlashtirgan holda yangi ko‘lam kasb etayotganini qayd etdi.