JIDUga Fransiyadan senator tashrif buyurdi

JIDUga Fransiyadan senator tashrif buyurdi

    JIDUga Fransiyadan senator tashrif buyurdi

    JIDUga Fransiyadan senator tashrif buyurdi

    Joriy yilning 26-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Fransiya Senati huzuridagi “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhida O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha mas’ul senator Devid Ros bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U 2024-yilgi parlament saylovlarida ishtirok etish uchun xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga taklif qilingan.

    Uchrashuvda D.Ros mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

    Senator Fransiya oliy o‘quv yurtlari O‘zbekistondagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

    “JIDU ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun “katta imkoniyatlar eshigi” boʻlib xizmat qilmoqda”, - dedi u.

    O‘z navbatida, O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi talabalar va professor-o‘qituvchilari uchun maxsus qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.