JIDUda Xankuk universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Xankuk universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 17-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xankuk chet tillari universiteti huzuridagi Yevrosiyo tadqiqotlari markazi direktori, “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik bo‘yicha ekspertlar forumi bosh kotibi Dje Sunxun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Janubiy Koreya delegatsiyasini JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov kutib oldi.
Uchrashuvda oliy taʼlim sohasida, jumladan, JIDU va “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik boʻyicha Koreya ekspertlar forumi oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
Dje Sunxun JIDU huzuridagi Istiqbolli Xalqaro tadqiqotlar instituti bilan mintaqaviy muammolar va imkoniyatlarni o‘rganishga qaratilgan ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shma konferensiyalar va davra suhbatlari tashkil etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.