Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Polsha xalqaro aloqalar markazi direktori Malgorzata Bonikovska bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Polsha xalqaro aloqalar markazi direktori Malgorzata Bonikovska bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Polsha xalqaro aloqalar markazi (CSM) direktori, Varshava universiteti professori Malgorzata Bonikovska bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Professor Bonikovska o‘z nutqida Yevropa Ittifoqining tashkil topish tarixi, uning institutsional shakllanishiga to‘xtalib, hozirgi siyosiy va iqtisodiy holat hamda Yevropa Ittifoqining keyingi rivojlanish istiqbollari haqida umumiy ma’lumot berdi.
Ma’ruzadan so‘ng munozara bo‘lib o‘tdi, unda talabalar polshalik olimga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.