JIDU talabalar ilmiy hamjamiyati va Ural davlat yuridik universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
JIDU talabalar ilmiy hamjamiyati va Ural davlat yuridik universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Joriy yilning 16-iyul kuni Ural davlat yuridik universitetida (UdYU) “JIDU talabalar ilmiy hamjamiyati” va “Ural davlat huquqi talabalar ilmiy jamiyati” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusupdjanov tadbirda so’zga chiqib, ikki universitet o'rtasidagi hamkorlik muvaffaqiyatiga ishonch bildirdi.
O‘z navbatida, UdYUning yoshlar siyosati bo‘yicha prorektori D.Sergeev barcha ishtirokchilarni ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi ushbu muhim qadam bilan tabrikladi. Shuningdek, u O‘zbekiston va Ural xalqlarining madaniy o‘xshashligini qayd etib, talabalarning ilmiy tashabbuslari asosidagi hamkorlik samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.
“JIDU talabalar ilmiy hamjamiyati” raisi A.Rahimov bu ilmiy hamjamiyat uchun tuzilgan ilk kelishuv ekanligini ta’kidlab, UdYU va JIDU rahbariyatiga ko‘rsatgan yordamlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.