AQSH Elchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
AQSH Elchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 22-oktabr kuni AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet talabalari va o‘qituvchilari bilan ochiq va konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi.
JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvda elchi Amerika-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari va ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalariga, shuningdek, 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligiga saylovlarga alohida e’tibor qaratildi.
Munozarada JIDU professor-o'qituvchilari, magistrantlari va talabalari faol ishtirok etib, AQShning jahon siyosatidagi o‘rni va bo‘lajak saylovlarning xalqaro munosabatlarga ta’siri haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
O‘z navbatida Jonatan Xenik savollarga batafsil javob berib, uchrashuv ishtirokchilariga ko‘plab muhim va qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Oliy martabali diplomatning ushbu tashrifi JIDU talabalari uchun xalqaro diplomatiya va jahon siyosatidagi zamonaviy tendentsiyalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun noyob imkoniyat yaratdi.