JIDUda BMT Turizm bo'yicha Xalqaro munosabatlar va hamkorlik departamenti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda BMT Turizm bo'yicha Xalqaro munosabatlar va hamkorlik departamenti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMT Turizm bo'yicha Xalqaro munosabatlar va hamkorlik departamenti direktori Dilyor Xakimov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Uchrashuv davomida Elchi Xakimov Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatidagi asosiy yoʻnalishlarni taqdim etdi. U mamlakatning ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosatiga alohida urg‘u berdi. Ma’ruza talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi, chunki diplomat diplomatik xizmat o‘tishning asosiy jihatlarini yoritib berdi va talabalarning O‘zbekiston milliy manfaatlari haqidagi qarashlari bilan fikr almashdi.
Uchrashuvda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni rivojlantirish hamda turizmni xalqaro bozorlarga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Diplomat ushbu jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’kidladi va ularning O‘zbekistonning jahon sahnasidagi ijobiy imidjini shakllantirishdagi muhim roliga urg‘u berdi.
Uchrashuv yakunida Elchi Xakimov savol-javob sessiyasini o‘tkazdi, talabalar diplomatning ko‘p yillik tajribasi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Diplomat o‘z so‘zi yakunida yoshlarni O‘zbekistonga samimiylik va sadoqat bilan xizmat qilishga chaqirdi hamda ularning davlat taraqqiyotidagi hissasining ahamiyatini alohida qayd etdi.