JIDU qoshidagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi tarixiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
JIDU qoshidagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi tarixiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 10-may kuni kuni JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada “O‘zbek diplomatiyasi – elchilik institutining ildizlariga nazar” mavzuida magistratura ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, taʼlim tashkilotlari faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish va qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar ijrosini amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda JIDU va Sharqshunoslik universiteti magistrant va doktorantlari ishtirok etdi.
Diplomatik akademiya direktori, siyosiy fanlar doktori, professor А.Xaydarov konferensiyani ochar ekan, ko‘tarilgan mavzu garchi mustaqillik davrida nashr etilgan turli adabiyotlarda yoritilgan bo‘lsa-da, bu mavzuda hozirgacha ilmiy-amaliy konferensiya darajasidagi tadbir o‘tkazilmagan deb ta’kidladi.
Ma’ruzachilar o‘zbek diplomatiyasining chuqur tarixiy ildizlari va boy an’analariga asosiy e’tibor qaratdilar. Akademiyaning doktorantlari qadim zamonlardan mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishigacha mintaqamiz hududida hukmronlik qilgan imperiyalar, xonliklar va boshqa rejimlarda diplomatiya davrini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha taqdimotlar taqdim etdilar. Xususan, quyidagi mavzularda ma’ruzalar qilindi: “O‘zbek diplomatiyasining tarixiy ildizlari”, “Amir Temur davrida diplomtik munosabatlarning rivojlanishi”, “Markaziy Osiyo hududida elchilik institutining taraqqiy topishi”, “Boburiylar diplomatiyasi”, “O‘zbek xonliklari davrida diplomatiya”, va “O‘zbekistonning zamonaviy diplomatiyasi”.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar va “O‘zbekiston diplomatiyasi: kecha va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida taklif kiritdilar.