“O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi: qishloq xo‘jaligida maxsus va preferensial rejim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi: qishloq xo‘jaligida maxsus va preferensial rejim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 30-noyabr kuni JIDU Jahon savdo tashkiloti (JST) kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi: qishloq xo‘jaligida maxsus va preferensial rejim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek, JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan JSTning maxsus va preferensial rejimlari muhokama qilindi. Shuningdek, savdo qoidalari, bozorga kirish va siyosatdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishining qishloq xo‘jaligi uchun o‘ziga xos foydalari va oqibatlari har tomonlama muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq bosqichlar, aholi bandligini ta’minlash va asosiy tarmoqlarni modernizatsiya qilish borasidagi milliy maqsadlariga bo‘lgan ta’siri alohida ta’kidlandi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun JST kelishuvlarida nazarda tutilgan maxsus va preferensial rejimlar mexanizmlari O‘zbekistonga foydali bo‘lishi va global savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan moslashuvchanlikni ta’minlashga alohida urg‘u berildi.
Davra suhbati yakunida Oʻzbekistonning savdo siyosati boʻyicha,milliy rivojlanish maqsadlari va xalqaro savdo standartlariga muvofiqligini taʼminlaydigan tavsiyalar ishlab chiqildi.