JIDU talabalari CUDC g‘oliblari bo‘ldi
JIDU talabalari CUDC g‘oliblari bo‘ldi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2-bosqich talabalari Gulmetov Shoxròzbek va Samiyev Iskandarbek nufuzli Central Asian Universities Debate Championship (CUDC TSUL) musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, chempionlik unvoni va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
CUDC TSUL munozaralar sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri bo‘lib, Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) faol talabalari tomonidan tashkil etilgan. Ushbu tanlov Markaziy Osiyo universitetlarining iqtidorli talabalarini birlashtiradi. Bu yilgi tanlovda mamlakatimizdagi 11 ta oliy o‘quv yurtidan 100 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
JIDU nafaqat g‘oliblar, balki ekspertlar tomonidan ham taqdim etildi: Shirin Hamdamova, Galina Lobanova va Abdulaziz Abdurazakov chempionatda hakam va spiker sifatida ishtirok etib, universitetning yuqori darajadagi professionalligi va nufuzini yana bir bor tasdiqladilar.
Biz talabalarimizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz, shuningdek, ustozlarimizga JIDU nufuzini mustahkamlashga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz, shuningdek, Universitet nomidan TDYUga ushbu muhim tadbirni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Sana: | 15.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 236 |
Ulashish: |