JIDU Yuridik klinikasi tomonidan maktab o`quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

2023-yilning 6-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasida Toshkent shahridagi 71-maktab o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida “Xalqaro huquq” fakulteti 2-kurs va 3-kurs talabalari tomonidan maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan huquqlari bo‘yicha tushuntirishlar berilib, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar bo'yicha muhokamalar qilindi.
Ushbu tadbir kelajak avlodni tarbiyalash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini anglashda muhim qadam bo‘ldi.