
JIDUda hind tili festivali o‘tkazildi
JIDUda hind tili festivali o‘tkazildi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ilk bor “Butunjahon hindiy tili” kuni va “Hindiston Respublika kuni” ga bag’ishlangan hind tili festivali o’tkazildi.
Unda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant xonim, Hindiston elchixonasining ikkinchi kotibi janob M. Shrinivas, Hindistonning “Shayana Farm” kompaniyasi prezidenti Ashok Tivari, hind tili professori Manish Mishra, elchixona va Sharqshunoslik universiteti vakillari, JIDU professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda universitet talabalari mehmonlar e’tiboriga Hindistonning an’anaviy raqslarini namoyish etdilar, hind shoiri va adiblarining eng yaxshi asarlarini o‘qib berdilar, shu tildagi mashhur qo’shiqlarni kuyladilar. “Hind milliy liboslari” taqdimoti esa yig‘ilganlarda alohida taassurot qoldirdi.
Shuningdek, Festival doirasida “Men uchun Hindiston nimani anglatadi?” mavzusida hind tilida notiqlik san’ati tanlovi ham tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlarga Hindiston elchisi Smita Pant esdalik sovg'alarini topshirdi va qiziqarli chiqishlari hamda tadbirni yaxshi tashkil etgani uchun universitet ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirib, “O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar abadiy bo‘lsin” – deya ta’kidladi.